Biz - korrupsiyaga murosasiz munosabatdamiz
Joriy yilning 9-dekabr kuni Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Menejment va marketing” kafedrasi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens - nazorat” tizimini boshqarish bo’limi tomonidan “Biz korrupsiyaga murosasiz munosabatdamiz” mavzusida Iqtisodiyot fakulteti IM-80, IM-81 va IM-82i akademguruh talabalari uchun davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti “Maxsus-kasbiy fanlar” kafedrasi boshligʻi, podpolkovnik, siyosiy fanlari doktori., dotsent Xatamov Farxod Faxritdinovich, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish “Maxsus-kasbiy fanlar” kafedrasi katta o’qituvchisi, podpolkovnik Furqat Xidirov, “Menejment va marketing” kafedrasi professor – o’qituvchilari Allayarov Shamsiddin Amanullayevich, Achilova Shirin Shavkat qizi, Sobirjonov Sanjar Sobirjonovich va Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens - nazorat” tizimini boshqarish bo'lim boshlig’i Darveshov Sardor Rustamovich va Bolibekov Shahboz Baxodir o'g'li ishtirok etdi.
Tadbir davomida Allayarov Shamsiddin Amanullayevich mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlar, jumladan, qabul qilingan qonun hujjatlari, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat siyosati, korrupsiyani keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan holatlar, ularni bartaraf etish yoʻllari to’g’risida to’xtalib o’tdi.
Shuningdek, Xatamov Farxod Faxritdinovich korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilganida belgilanadigan jazolar, manfaatlar toʻqnashuvi, shuningdek, xalqaro va milliy qonunchiligimizdagi mavjud normalar haqida batafsil tushuncha berib oʻtdi
Jumladan, Furqat Xidirov tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarining oqibatlari, davlat xizmatchilarining kasbiy odob-axloq qoidalari, manfaatlar to‘qnashuvi va uni bartaraf qilish masalalari yetkazildi.
Tadbir yakunida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Davra suhbati talabalarda korrupsiyaga qarshi kurashish immunitetini hosil qilish hamda talabalarning korrupsiyaga qarshi kurashishda axloqiy sifatlari bo’yicha bilimlarini yanada boyitishga xizmat qildi.