“Korrupsiya-millat zavoli” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi

“Korrupsiya-millat zavoli” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi

2023-yil 26-may kuni “Oliy va amaliy matematika” kafedrasi hamda institut Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan “Korrupsiya-millat zavoli” mavzusida institut 1-kurs talabalari uchun davra suhbati oʻtkazildi.

 

 

 

 

 

Dastlab kafedra dotsenti I.Mamurov kirish soʻzi olib, bugungi davra suhbatiga taklif qilingan mehmon — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi professori, polkovnik Sh.R.Qobilovni tanishtirdi va unga soʻz berdi. Sh. Qobilov oʻz maʼruzasida korrupsiya va uning mamlakat iqtisodiyotidagi salbiy oqibatlariga doir statistik maʼlumotlarni keltirib oʻtdi. Korrupsiya har qanday millat va jamiyatning zavoli ekanligi raqamlar va faktlar yordamida asoslab oʻtildi.

 

 

 

Davra suhbatida shuningdek Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi S.Darveshov ham soʻz olib, institutda u rahbarlik qilayotgan boʻlimning olib borayotgan ishlari haqida gapirib oʻtdi.

 

 

Davra suhbati talabalarda katta qiziqish uygʻotdi va ular tomonidan bildirilgan fikrlar ham muhokama qilindi. Tadbir yakunida polkovnik Sh.Qobilov tomonidan faol talabalarga kitoblar taqdim etildi.

18:31 / 2023-05-27
Success helper
Success warning