Yangi Oʻzbekistonni korrupsiyadan xoli mamlakatga aylantirishda birlashaylik

Yangi Oʻzbekistonni korrupsiyadan xoli mamlakatga aylantirishda birlashaylik

Joriy yilning 10-mart kuni “Menejment va marketing” kafedrasi tashabbusi bilan “Yangi Oʻzbekistonni korrupsiyadan xoli mamlakatga aylantirishda birlashaylik” mavzusida anjuman oʻtkazildi.

 

 

Unda institut oʻquv ishlari boʻyicha prorektori S. Mehmonov, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Akademiyasi polkovnigi, professor Qobulov Sharif Raximovich, professor-oʻqituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.

 

 

 

 

Professor Sh. Qobulov oʻz maʼruzasida korrupsiya va uning mamlakat rivojidagi salbiy taʼsiri, jamiyatda ildiz otish omillariga toʻxtalib oʻtar ekan, soʻnggi yillarda Mamlakatimizda barcha sohalarni korrupsiyadan xoli hududga aylantirish borasida sa'y-harakatlar olib borilayotgani, xususan, “Oliy taʼlim – korrupsiyasiz soha” shiori ostida amalga oshirilayotgan ishlar, albatta, taʼlim tizimining ravnaqi uchun muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidlab oʻtdi.

 

14:47 / 2022-03-10
Success helper
Success warning