Janubiy Koreyaning Kyungvon universiteti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Janubiy Koreyaning Kyungvon universiteti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Joriy yilning 29-mart kuni Janubiy Koreyaning Kyungvon universiteti vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

 

Unda rektor T.Teshabayev, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor S.Mexmonov, Xalqaro aloqalar bo‘limi xodimlari, shuningdek, Kyungvon universiteti prezidenti Kim Dong Je hamda Xalqaro munosabatlar bo‘limi bosh direktori Chun Ju Younglar ishtirok etishdi.

 

 

 

Uchrashuvda malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish, ikki oliygoh o‘rtasidagi istiqboldagi taʼlim va ilmiy jarayondagi amaliy faoliyatlarini tashkil etish kabi muhim masalalar muhokama etildi. Xususan, kelgusida ikki oliy taʼlim muassasalari o‘rtasida taʼlim, almashinuv dasturlari, ilmiy tadqiqotlar va boshqa tegishli sohalarda ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kelishib olindi.

 

 

 

18:39 / 2023-03-29
Success helper
Success warning