Mahorat darsi tashkil etildi

Mahorat darsi tashkil etildi

Talabalar taʼtili vaqtida institut professor-oʻqituvchilarining dars berish mahoratini oshirish maqsadida 2022-yil 5-yanvar kuni kafedralarning ilmiy-innovatsion ishlariga maʼsul professor-oʻqituvchilari va kafedra mudirlari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi, Psixologik taʼminlash boʻlimi katta prokurori, adliya maslahatchisi, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Maxmudov Ibrohim Ismoilovich tomonidan noanʼanaviy tarzda seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur mahorat darsi institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Islamkulov Alimnazar Xudjamuratovich tomonidan ochib berildi. 

Seminar-trening bugungi zamonaviy dars oʻtish metodlaridan foydalangan holda tashkil etildi hamda qizgʻin savol-javoblar asosida yuqori saviyada boʻlib oʻtdi.





11:15 / 2022-01-06
Success helper
Success warning