“2024-yil uchun yuridik shaxslarni soliqqa tortishning asosiy yo‘nalishlari” mavzusida master-klass tashkil etildi

“2024-yil uchun yuridik shaxslarni soliqqa tortishning asosiy yo‘nalishlari” mavzusida master-klass tashkil etildi

Joriy yilning 27-dekabr kuni institut professor-o‘qituvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Budjet-soliq ilmiy tadqiqotlari instituti” ning bosh mutaxassisi - i.f.d., professor Voronin Sergey Aleksandrovich tomonidan “2024-yil uchun yuridik shaxslarni soliqqa tortishning asosiy yo‘nalishlari” mavzusida master-klass tashkil etildi.

 

 

 

 

Master-klass ochiq muloqot tarzida tashkil etilib, aynan bugungi mamlakatimiz soliq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, 2024-yil uchun amalga kiritilayotgan soliq bo‘yicha o‘zgarishlarning o‘ziga xos xususiyatlari, tadbirkorlik subyektlari uchun soliq yukini kamaytirishga qaratilgan davlatning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tildi.

 

 

 

Master-klass savol-javoblar boy, shuningdek, bahs-munozarali tarzda o‘tdi. Professor-o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan juda faol ishtirok etdilar.

13:53 / 2023-12-27
Success helper
Success warning