“Green Accounting in Uzbekistan: A Pathway to Sustainable Development” mavzusida ma'ruza darsi o‘tildi

“Green Accounting in Uzbekistan: A Pathway to Sustainable Development” mavzusida ma'ruza darsi o‘tildi

 

Toshkent moliya instituti “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi dotsenti, PhD Sh.A.Xalilov Malayziya davlatining Monash Universiteti taklifiga binoan “Buxgalteriya hisobi va moliya” kafedrasida malaka oshirmoqda.           






                     

 

20-dekabr kuni Monash universitetining “Biznes” fakultetida Xalilov Sherzod Axmatovich tomonidan “Green Accounting in Uzbekistan: A Pathway to Sustainable Development” mavzusida ma'ruza darsi o‘tildi.                                  

 

Shu bilan bir qatorda, Monash universiteti “Biznes” fakulteti dekani professor Avvari V.Moxan va “Buxgalteriya hisobi va moliya” kafedrasi professori Norita Moxid bilan Toshkent moliya institutining “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ilmiy aloqalarni o‘rnatish, hammualliflikda maqolalar tayyorlash va ularni institutning “Xalqaro moliya va hisob” ilmiy jurnalida nashr etish imkoniyatlari, ikki tomonlama o‘zaro almashinuv dasturlarini tashkil qilish hamda mutaxassislik yo‘nalishini CPA (A Certified Public Accountant) xalqaro professional assotsiatsiya akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi haqida suhbat olib borildi.                                                                                                    

 

Ma'lumot uchun, Malayziyaning Monash universiteti QS (Quacquarelli Symonds ) reytingida dunyo bo‘yicha 42 o‘rinni,  THE (Times Higher Education) reytingida  dunyo bo‘yicha 44 o‘rinni qayd etgan. 

11:21 / 2023-12-22
Success helper
Success warning