Toshkent moliya institutida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rahbar xodimlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi

Toshkent moliya institutida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rahbar xodimlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi

 

Uchrashuvda bank tizimi uchun zamonaviy kadrlarni tayyorlash, Markaziy bank va tijorat banklarida talaba-yoshlarning amaliyoti va stajirovkasini samarali tashkil etish hamda bank sohasida ilmiy-innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.  


Uchrashuvda Toshkent moliya instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori N.Oblomurodov, Markaziy bank Rais o'rinbosari A.Kamalov, Markaziy bank Rais o'rinbosari U.Nasirov va Inson resurslarini boshqarish departamenti direktori o'rinbosari- U.Mirxodjayevlar ishtirok etdilar. 


Mazkur uchrashuv doirasida 2023-2024 o‘quv yilida Toshkent moliya instituti bakalavriati so‘ngi bosqichi va magistratura talabalarini “Markaziy bank maxsus stipendiyasi” dasturida ishtirok etishi, Markaziy bankda  yoshlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, talabalar uchun o‘tkazilishi rejalashtirilgan seminar va treninglar to‘g‘risida so‘z yuritildi.


Mazkur dastur kadrlarni talabalik davridan boshlab maqsadli ravishda tayerlash va makroiqtisodiy siyosat va Markaziy bank faoliyatiga oid bilimlarini oshirishni rag‘batlantirish maqsadida, keyinchalik Markaziy bankka ishga joylashish imkonini beradi.

15:19 / 2023-09-13
Success helper
Success warning