“Byudjet tashkilotlarida qurilish-ta’mirlash xarajatlari auditini takomillashtirish” mavzusida master-klass o‘tkazildi

“Byudjet tashkilotlarida qurilish-ta’mirlash xarajatlari auditini takomillashtirish” mavzusida master-klass o‘tkazildi

 

2023-yil 26-dekabr kuni Toshkent moliya instituti “Byudjet hisobi va g‘aznachilik ishi”, “Buxgalteriya hisobi”, “Audit” va “Iqtisodiy tahlil” kafedralari professor-o‘qituvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi Audit va moliyaviy nazorat sho‘basi yetakchi mutaxassisi Axmedov Otajon Maxamatovich tomonidan “Byudjet tashkilotlarida qurilish-ta’mirlash xarajatlari auditini takomillashtirish” mavzusida master-klass o‘tkazildi. 

 

Soha mutaxassisi tomonidan mamlakatimizda byudjet tashkilotlarida qurilish-ta’mirlash xarajatlari auditi, uning rivojlanish bosqichlari, raqamli texnologiyalarni qo‘llash bilan bog‘liq o‘zgarishlar keng muhokama qilindi. Byudjet tashkilotlarida qurilish-ta’mirlash xarajatlari auditi bilan bog‘liq muammolar va ularning yechimi  to‘g‘risida atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

 

Master-klass davomida O.Axmedov professor-o‘qituvchilar tomonidan mavzuga oid berilgan savollarga batafsil javob berdi. Tadbir ishtirokchilari bu kabi master-klasslarning o‘tkazilishi nazariya bilan amaliyot integratsiyasini ta’minlashga xizmat qilishini qayd etishdi.

16:35 / 2023-12-26
Success helper
Success warning