“Moliya” kafedrasida maxsus fan uchun elektron darslik tayyorlash bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

“Moliya” kafedrasida maxsus fan uchun elektron darslik tayyorlash bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

 

2023-yil 29-dekabr kuni “Moliya” kafedrasi dotsenti Y.Axunova tomonidan kafedra professor-o‘qituvchilari uchun fanlardan elektron darsliklar tayyorlash bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi.

 

Y.Axunova tomonidan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va pedagogik o‘qitish usullaridan foydalanish asosida “Moliya. Modul 1. Nazariy asoslar” (rus tilida) elektron darsligi tayyorlandi.

 

Elektron darslikda “Moliya” fanining har bir mavzusi bo‘yicha nazariy, tashkiliy va huquqiy asoslar taqdim etilgan; o‘quv va ilmiy adabiyotlar, statistik va amaliy ma’lumotlarni o‘rganish asosida tegishli vazifalari, jumladan, nazorat savollari, keys-studylar, testlar va krossvordlar berilgan.

 

Taqdimotchi elektron darslik tayyorlash jarayonida o‘quv materiallarini taqdim etish hamda maxsus dasturiy ta’minotdan foydalanishning mavjud imkoniyatlari haqida tushuntirish berdi va ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

14:17 / 2023-12-29
Success helper
Success warning