“Scopus” va “Web of science” xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar yozish tartibi va tamoyillari” mavzusida master-klass tashkil qilindi
Iqtisodiyot fakulteti “Iqtisodiy xavfsizlik” kafedrasi tomonidan “Scopus” va “Web of science” xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar yozish tartibi va tamoyillari” mavzusida master-klass tashkil qilindi. Master-klassda Chexiya texnika universiteti professori, DSc. Tashpulatov Sherzod Nabiyevich onlayn ishtirok etdi.
Mazkur master-klass kafedra professor-oʻqituvchilarining “Scopus” va “Web of science” xalqaro ilmiy jurnallarda maqola yozish tartibi boʻyicha qimmatli maʼlumot olishiga imkon berdi. Shuningdek, mutaxassis professor-oʻqituvchilarga yozilgan maqolaga mos boʻlgan xalqaro jurnallarni tanlash, maqolalar yozish bosqichi, adabiyotlarni koʻrib chiqish hamda yozish uslubini yaxshilash kabi masalalarning yechimi borasida maʼruza qildi.
Master-klass kafedra professor-oʻqituvchilar uchun xorijiy jurnallarda ilmiy maqolalar yozish koʻnikmalarini yaxshilash, mahorat darajasini oshirish uchun xizmat qiladi.