“Davlat xaridlari tizimida tender va tanlovlarni o‘tkazish mexanizmi” mavzusida master-klass o‘tkazildi

“Davlat xaridlari tizimida tender va tanlovlarni o‘tkazish mexanizmi” mavzusida master-klass o‘tkazildi

 

“Byudjet hisobi va g‘aznachilik ishi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Davlat xaridlari va infratuzilma bo‘limi boshlig‘i Kuvandikov Ravshan Achilbayevich tomonidan “Davlat xaridlari tizimida tender va tanlovlarni o‘tkazish mexanizmi” mavzusida master-klass o‘tkazildi.

 

Soha mutaxassisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida davlat xaridlarini takomillashtirish, xususan, elektron tender va tanlovga o‘tish, elektron platformalardan foydalanish va yashil xaridlarga bosqichma-bosqich o‘tish masalalari, shuningdek, mamlakatimizda davlat xaridlarini prinsiplar, professionallik va mas’uliyat, asoslilik asosida amalga oshirish zarurligi ko‘rib chiqildi.

 

Master-klass davomida ma’ruzachi tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdi. Master-klass yuqori nazariy va amaliy darajada tashkil etildi. Bunday tadbirlarni o‘tkazish nazariya va amaliyotni integratsiyalashga yordam beradi.

17:23 / 2023-12-27
Success helper
Success warning