"8-son Hisob siyosati, hisob baholaridagi o‘zgarishlar va xatolar" va "12-son "Foyda soliqlari"" mavzusida master-klass o‘tkazildi

"8-son Hisob siyosati, hisob baholaridagi o‘zgarishlar va xatolar" va "12-son "Foyda soliqlari"" mavzusida master-klass o‘tkazildi

 

2023-yil 27-dekabr kuni Toshkent moliya instituti "Byudjet hisobi va g‘aznachilik ishi", "Buxgalteriya hisobi", "Audit" va "Iqtisodiy tahlil" kafedralari professor-o‘qituvchilari ishtirokida iqtisod fanlari nomzodi, “Amulet Audit” auditorlik tashkiloti auditori Xo‘jabekov Nizomiddin Bekbo‘tayevich tomonidan "8-son Hisob siyosati, hisob baholaridagi o‘zgarishlar va xatolar" va "12-son "Foyda soliqlari"" mavzusida master-klass o‘tkazildi.

 

 

 

Soha mutaxassisi tomonidan mamlakatimizda xo‘jalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablari asosida hisob siyosati, hisob baholaridagi o‘zgarishlar va xatolar va foyda solig‘i hisoblash bilan bog‘liq muammolar va ularning yechimi  to‘g‘risida atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

 

 

Master-klass davomida N.B.Xo‘jabekov professor-o‘qituvchilar tomonidan mavzuga oid berilgan savollarga batafsil javob berdi. Tadbir ishtirokchilari bu kabi master-klasslarning o‘tkazilishi nazariya bilan amaliyot integratsiyasini ta’minlashga xizmat qilishini qayd etishdi.

13:42 / 2023-12-27
Success helper
Success warning