“Moliyaviy instrumentlarni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablari boʻyicha hisobi” mavzusida master-klass
Joriy iyl 26-dekabr kuni talabalarning qishki taʼtili davrida pedagog-xodimlarda amaliy malaka va koʻnikmalarini rivojlantirish maqsadida “Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti, “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi professor-oʻqituvchilari uchun “Moliyaviy instrumentlarni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablari boʻyicha hisobi” mavzusida master-klass tashkil qilindi.
Mazkur master-klassda “Amulet Audit” auditorlik tashkilotining ijrochi direktori, iqtisod fanlari nomzodi Xoʻjabekov Nizomiddin Begboʻtayevich tomonidan moliyaviy instrumentlarni MHXS talabi boʻyicha hisobga olishning oʻziga xos xususiyatlari, 9-son MHXS, 32-son BHXS, 10-son MHXS, 3-son MHXS, 28-son BHXS, 27-son BHXSlar moliyaviy instrumentlarni hisobga olishdagi xususiyati, ularni tan mezonlari, baholash va ularni xejlash masalasi boʻyicha batafsil maʼlumotlar berildi.
Master klass davomida professor-oʻqituvchilar tomonidan oʻzlariga qiziqarli boʻlgan savollarni maʼruzachiga berdilar va qizgʻin muhokamalar bilan davom ettirildi.