Toshkent moliya institutida xalqaro konferensiya ishtiirokchilari tomonidan qator master-klasslar oʻtkazildi

Toshkent moliya institutida xalqaro konferensiya ishtiirokchilari tomonidan qator master-klasslar oʻtkazildi

Maʼlumki, joriy yil 27-iyun kuni Toshkent shahridagi muhtasham Hilton Tashkent City mexmonxonasining konferensiyalar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi, Toshkent moliya instituti va “Oʻzbekinvest” eksport-import sugʻurta kompaniyasi hamkorligida “Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda sugʻurta foliyatini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida nufuzli xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.
 
 
Mazkur xalqaro konferensiya doirasida xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan mexmonlar ishtirokida koʻplab uchrashuvlar, muloqotlar, amaliy seminarlar va master klasslar oʻtkazilmoqda.
 
 
Ana shunday uchrashuvlardan biri 2022-yil 29-iyun kuni Toshkent moliya institutida Belarus Davlat iqtisodiyot universiteti kafedra mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori, professor T.A.Verezubova ishtirokida boʻlib oʻtdi.
 
 
 
 
Mohiyatan master klassni oʻzida namoyon etgan mazkur uchrashuvda T.A.Verezubova Belarus Davlat iqtisodiyot universitetida tayyorlanayotgan taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari, oʻqitiladigan fanlar va oʻquv jarayonini tashkil etilishi yuzasidan qiziqarli maʼlumotlar berdi.
 
 
 
 
Master-klass yakunida xorijiy mutaxassisga mehmonga tadbir qatnashchilari tomonidan koʻplab savollar berildi.
 
 
Tadbirda “Sugʻurta va pensiya ishi” kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori X.Shennayev hamda ushbu kafedraning professor-oʻqituvchilari qatnashdi.
 
11:55 / 2022-06-30
Success helper
Success warning