“Siz konstitutsiyadagi o‘z huquqingizni bilasizmi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 11-dekabr kuni Toshkent moliya instituti “Sug‘urta va pensiya ishi” kafedrasi tomonidan kafedra haftaligi doirasida “Siz konstitutsiyadagi o‘z huquqingizni bilasizmi” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Ushbu tadbirda Toshkent davlat yuridik universitetining” Ma’muriy va moliya huquqi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Normurodov Aktam To‘laboy o‘g‘li, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talaba yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda talabalarga fuqarolarning huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirishda qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyati to‘g‘risida, o‘zgartirish kiritilgan konstitutsiyaning yoshlar hayotidagi ahamiyati to‘g‘risida ma’lumot berildi. Tadbir davomida talabalar tomonidan o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.