Toshkent moliya instituti Milliy reytingda yuqori oʻrinni egalladi!
Bugun, 4-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan oliy taʼlim muassasalari milliy reytingi eʼlon qilindi.
Toshkent moliya instituti mazkur milliy reytingda 5-oʻrinni egalladi!
Shuningdek, milliy reyting natijalari oliy taʼlim muassasalari sohaviy mansubligidan kelib chiqqan holda tayyorlandi. Institutimiz Ijtimoiy-gumanitar soha yoʻnalishida mamlakatimizdagi 29 ta oliy taʼlim muassasalari orasida 3-oʻrinni egalladi.
Oliy taʼlim muassasalarining ilmiy salohiyati reytingida esa Toshkent moliya instituti 1-o'rinni egalladi.
Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, Taʼlim inspeksiyasi tomonidan 2020-yil yakunlari boʻyicha tayyorlangan milliy reyting doirasida bitiruvchilari mavjud 62 ta (27 ta filiallari bilan jami 89 ta) oliy taʼlim muassasalarining faoliyati samaradorligiga 4 ta yoʻnalishda 20 ta indikatorlar asosida baho berilgan:
➖ ilmiy-tadqiqot faoliyati va taʼlim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasi;
➖ oʻquv-metodik ishlar faoliyati va oʻqitish sifati;
➖ talabalar bilimi va bitiruvchilar sifati;
➖ sportni rivojlantirish.
TMI matbuot xizmati