Toshkent moliya institutiga Innovatsion rivojlanish vaziri tashrif buyurdi
Joriy yilning 23-may kuni Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov sayyor qabul oʻtkazish maqsadida Toshkent moliya institutiga tashrif buyurdi.
Tashrif jarayonida dastlab Innovatsion rivojlanish vazirligi rahbariyati va masʼul xodimlari Moliya institutining faoliyati, xususan muassasada tashkil etilgan “Digital finance” inkubatsiya va akseleratsiya Markazi bilan tanishdi.
Shundan soʻng institutining “Obi hayot” binosida sayyor qabul boshlandi. Mazkur uchrashuvda Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, vazir oʻrinbosari Shahlo Turdiqulova, institut rektori Toʻlqin Teshabayev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Alimnazar Islamkulov, vazirlik boshqarma boshliqlari, institut professor-oʻqituvchilari, yosh-olimlari, doktorantlar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Uchrashuv ochiq muloqot shaklida boʻlib oʻtdi. Unda ilmiy loyihalar tanlovlarida faol ishtirok etish, ilmiy loyihalar va startap loyihalarni moliyalashtirish, spin-off kompaniyalar tashkil etish, moliya sohasidagi mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimlariga qaratilgan tadqiqotlarni amalga oshirish, oʻquv darsliklarini yaratish masalalari muhokama etildi.