“Oqila ayol - oilaning ziynatidir”
Toshkent moliya instituti Sirtqi fakultet Xotin-qizlar kengashi tomonidan 2021-yil 23-noyabr kuni talaba qizlar ishtirokida “Oqila ayol - oilaning ziynatidir” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirga taklif etilgan t.f.n. dotsent Abduqodirova Lola Qobulovna oilada ayolning o’rni qanday bo'lishi kerakligi to’g’risida talaba qizlarga mazmunli va kerakli ma’lumotlarni berib o’tdi.
Fakultet Xotin-qizlar kengashi raisi R. Azimbayeva oilada o’zaro hurmat va tushunish muhitining ahamiyati borasida keng tushunchalar berib o’tdi. Davra suhbati davomida talaba qizlar o’zlarining barcha qiziqtirgan savollariga to’laqonli javob oldilar.