Talabalarimiz chempion!

Talabalarimiz chempion!

Joriy yilning 17-20-mart kunlari Sirdaryo viloyati Guliston shahrida sportning anʼanaviy Taekwondo  turi boʻyicha kattalar, yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi. 

 

Quvonarlisi, mazkur musobaqada  institutimiz “Iqtisodiyot” fakulteti talabasi Esonov Sodiq 76kg vazn toifasida  faxrli I-oʻrinni egalladi.

 

Shuningdek, joriy yilning 23-25-mart kunlari Toshkent Shahar yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi tashabbusi bilan sportning Mini futbol turi boʻyicha boʻlib oʻtgan “Navroʻz kubogi”ning Toshkent Shahar bosqichida “Moliya” fakulteti talabasi Toʻychiyev Abbosbek Nodirbek oʻgʻli Yunusobod tumani jamoasi aʼzosi sifatida 1-oʻrinni egalladi.

 

Mazkur gʻalabalar bilan Toshkent moliya instituti jamoasi, “Iqtisodiyot” va  “Moliya” fakultet hamda “Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasi professor-oʻqituvchilarini  tabriklaymiz. Talabalarimizning kelgusidagi faoliyatiga bundanda katta muvaffaqiyat va zafarlar tilab qolamiz!

16:23 / 2023-03-30
Success helper
Success warning