21-oktabr–Oʻzbek tili bayrami kuni!
Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va maʼnaviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.
1989-yilning 21-oktabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash boʻyicha “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilinib, unga koʻra Oʻzbek tiliga — Davlat tili maqomi berildi.
“Oʻzbek tili bayrami kunini belgilash toʻgʻrisida” 2020-yil 10-aprelda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (OʻRQ-615-son) 1-moddasi bilan 21-oktabr sanasi Oʻzbek tili bayrami kuni etib belgilandi.
Shu munosabat bilan Toshkent moliya instituti qoʻshma fakultetining professor-oʻqituvchilari, 4–bosqich talabalari ishtirokida poytaxtimizning soʻlim maskani – Adiblar xiyobonida bayramona tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida oʻzbek tilining tarixi, uning oʻziga xos xususiyatlari muhokama qilindi, qiziqarli faktlar berildi.