Vakillarimiz Polotsk Davlat universiteti rektori bilan uchrashdi

Vakillarimiz Polotsk Davlat universiteti rektori bilan uchrashdi

Xabar qilganimizdek, institutimiz vakillari — prorektor Sh.Sindarov hamda qoʻshma fakultet dekani T.Baymuratov ayni vaqtda Polotsk Davlat universitetida xizmat safarida boʻlib turibdilar.

 

Maqsad — talabalarni Belarus davlatiga borib joylashishi, oʻqish va yashash sharoitlarini oʻrganish hamda har tomonlama amaliy koʻmak berish va hamkorlikni yanada kengaytirishdan iborat.

 

Kuni kecha vakillarimiz Polotsk Davlat universiteti rektori bilan uchrashib, hamkorlik doirasidagi ishlarni yanada kengaytirish, qoʻshma taʼlim jarayonini rivojlantirish bo'yicha fikr almashib olishdi.

 

 

 

 

TMI matbuot xizmati

12:44 / 2021-09-03
Success helper
Success warning