2023-2024-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi

2023-2024-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi

🖥 2023-2024-o‘quv yili uchun maqsadli qabul parametrlari va qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytiga joylashtirildi.

 

✅ Abituriyentlar my.uzbmb.uz saytining “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul” bo‘limi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

 

👨🏻‍💻 Bunda abituriyentlar fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyatiga ega.

 

📆 Abituriyentlarni ro‘yxatga olish 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham) davom etadi. Chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga qabul esa 10-iyul kuni yakunlanadi.

 

❇️ Mazkur muddat davomida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan sertifikatga ega bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin.

13:58 / 2023-06-21
Success helper
Success warning