AT Aloqabank transformatsiya jarayonlarining ustuvor yoʻnalishlari” mavzusida ilmiy oʻquv seminar
Oʻzbekistonda amalda Toshkent moliya institutining “Bank ishi” fakulteti tomonidan 2022-yil 21-yanvar kuni “Bank ishi” va “Bank hisobi va audit” kafedralari professor-oʻqituvchilari uchun “AT Aloqabank transformatsiya jarayonlarining ustuvor yoʻnalishlari” mavzusida ilmiy oʻquv seminar tashkil etildi.
“Bank hisobi va audit” kafedrasi mudiri Z.Umarov taklif etilgan mehmon Qulliyev Ismat Yangimurodovichni tanishtirdi.
Soʻngra AT Aloqabank "Aktivlar va passivlarni boshqarish" markazi direktori Qulliyev Ismat Yangimurodovich soʻzga chiqdi. Qulliyev bankda transformatsiya jarayoni asosiy yoʻnalishlari, korporativ boshqaruvni takomillashtirish, mijozlarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda 2022-yilda amalga oshiriladigan transformatsiya jarayonlari haqida juda qiziqarli maʼlumotlarni taqdim etdi.
Тaqdimotdan soʻng maʼruzachiga koʻplab savollar berildi va savollarga atroflicha javoblar olindi.