Xushxabar! Bir guruh iqtidorli talaba-yoshlarimiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiya sohiblari bo‘lishdi

Xushxabar! Bir guruh iqtidorli talaba-yoshlarimiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiya sohiblari bo‘lishdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 4-dekabrdagi “2023/2024 o‘quv yili uсhun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichi talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini tayinlash to‘g‘risida”gi 516-sonli buyrug‘i asosida Toshkent moliya institutining 9 nafar iqtidorli talabalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiya sohiblari bo‘lishdi.

 

 

Xususan, “Bank ishi” fakulteti 4-bosqich talabasi Xamroxo‘jayeva Sitorabonu Temur qizi Prezident davlat stipendiyasi, “Moliya” fakulteti 4-bosqich talabasi Axmedova Shoxistaxon Asliddin qizi Islom Karimov nomli davlat stipendiyasiga munosib deb topildi.

 

Shuningdek, quyidagi iqtidorli talaba-yoshlarimiz Navoiy nomli davlat stipendiyasi sovrindorlari bo‘lishdi:

 

  • Mavlonov Sunnatbek Xamza o‘g‘li (“Moliya” fakulteti 4-bosqich talabasi);
  • Kuldashev Farid G‘ulom o‘g‘li (“Moliya” fakulteti 3-bosqich talabasi);
  • Zokirova Diyoraxon Iqboljon qizi (“Byudjet hisobi va g‘aznachilik” fakulteti 4-bosqich talabasi);
  • Shavkatjonov Mardon Zokirjon o‘g‘li (“Byudjet hisobi va g‘aznachilik” fakulteti 4-bosqich talabasi);
  • Baxodirov Zokirjon Olimjon o‘g‘li (“Iqtisodiyot” fakulteti 3-bosqich talabasi);
  • Olqarova Zarina Nosir qizi (“Bank ishi” fakulteti 4-bosqich talabasi);
  • Yuldashev Bilolxon Saminjon o‘g‘li (“Bank ishi” fakulteti 3-bosqich talabasi);

 

 

 

 

 

10:42 / 2023-12-07
Success helper
Success warning