Xorijiy fuqarolar suhbat asosida o‘qishga tavsiya qilindi
Joriy yilning 20-avgust kuni Toshkent moliya instituti kunduzgi va sirtqi taʼlim shaklidagi bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish maqsadida hujjat topshirgan xorijiy fuqarolar uchun belgilangan tartibda suhbat jarayoni o‘tkazildi.
Suhbat jarayonida abituriyentlarga kasbiy ishtiyoqi va o‘qishga kirish sabablari, taʼlim yo‘nalishiga muvofiq keluvchi fanlar majmuasi bo‘yicha egallagan bilim darajasi hamda umumiy intellektual darajasiga oid savollar berildi. Suhbat yakunida ularni institutning tegishli bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga o‘qishga tavsiya etish bo‘yicha komissiya qarori qabul qilindi.
Maʼlumot uchun aytish joizki, 2022/2023 o‘quv yilida Rossiya, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari bo‘lgan abituriyentlardan Toshkent moliya instituti qabul komissiyasiga kunduzgi va sirtqi taʼlim shaklidagi bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun hujjatlar topshirilgan.