Toshkent moliya instituti Bank ishi fakultetida ATB “Mikrokreditbank” hamda XATB “Orient Finans Bank” Yunusobod filiali hamkorligida talabalarni ish bilan ta`minlash bo`yicha suhbat tashkil etildi
Joriy yilning 5-7 aprel kunlari Bank ishi fakultetida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2022-yil 4-mart kuni o’tkazilgan videoselektor yig’ilishining 19-son bayoni 3-ilovasi bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash chora-tadbirlari bo’yicha “Yo’l xaritasi” ning 2.1-bandini ijrosini ta’minlash ya`ni Ishlashga ehtiyoji mavjud talabalarni ishga joylashtirish maqsadida Bank ishi fakulteti hamda ATB “Mikrokreditbank” va XATB “Orient Finans Bank” Yunusobod filiali hamkorligida talabalarni ishga qabul qilish bo’yicha bankning mas`ul xodimlari hamda 3-4 bosqich talabalari ishtirokida suhbat tashkil etildi.
Suhbatni tashkil etishdan asosiy maqsad talabalarga ta'lim va kasbiy rivojlanish maqsadlarini ro’yobga chiqaradigan va mustahkamlaydigan ish topishga yordam berishdir.
Banklarning mas`ul xodimlari talabalarni suhbat asosida ish qabul qilish bo`yicha har bir talaba bilan suhbat tashkil etdi. Suhbatdan ijobiy o`tgan talabalardan ATB “Mikrokreditbank” ga 25 nafar hamda XATB “Orient Finans Bank” Yunusobod filialiga esa 8 nafar talabalar ishga qabul qilinishi aytib o`tildi.