Institut talabalari bandligi taʼminlash boʻyicha ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan ish beruvchilar ishtirokida  ochiq muloqot tashkil etildi

Institut talabalari bandligi taʼminlash boʻyicha ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan ish beruvchilar ishtirokida  ochiq muloqot tashkil etildi

Soʻnggi vaqtlarda mamlakatimizda Oliy taʼlim muassasalarini talabalarining bandligini taʼminlash masalasiga jiddiy eʼtibor berilmoqda. Xususan, Toshkent moliya instituti tomonidan ham institut talabalarining ishga joylashishiga koʻmaklashish va shu orqali ularning bandligini taʼminlash boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. 

Joriy yilning 11-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi rahbariyati hamda Toshkent moliya instituti talabalari ishtirokida tashkil etilgan “Ochiq muloqot” da ana shu haqida soʻz bordi.

Aytish mumkinki, mazkur tadbir Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2022-yil 4-mart kuni oliy oʻquv yurtlari talabalari bandligini taʼminlash boʻyicha ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlarning amaliy ijrosi boʻldi.

Ochiq muloqotda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Norqulov, institutning Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Sultonali Mehmonov, Makroiqtisodiy siyosat, tahlil va prognozlash departamenti direktori Abdumalik Jalilov, Vazirlikning kadrlar boʻlimi boshligʻi Gulnara Meliboyeva va vazirlikning kadrlar zaxirasini shakllantirish boʻyicha masʼul xodimlari, institut professor oʻqituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi. 






Mutaxassislar tomonidan bugungi kunda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida talabalarning bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilayotgan sharoitlar, talabalarni 3-kursdan boshlab ishga qabul qilish tartiblari, vazirlikning grantlari (stipendiyalari) joriy qilinishi toʻgʻrisida talabalarga maʼlumotlar berishdi. 





Shu bilan birga Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida mehnat faoliyatini olib borish xususiyatlari, jumladan, ishga kirish va mehnat faoliyatini olib borishga qoʻyilgan talablar toʻgʻrisida batafsil toʻxtalib oʻtildi.



Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishga muvaffaq boʻldilar.

 

21:30 / 2022-05-11
Success helper
Success warning