Toshkent moliya instituti talaba-yoshlari o’rtasida “Talabalar ligasi” sport musobaqalari start oldi
Toshkent moliya institutida yoshlarni sogʻlom turmush tarzini taʼminlash, talaba-yoshlarni sportga keng jalb qilish, ularni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Talabalar ligasi” sport musobaqalari start oldi.
Bugun, 13-sentabr kuni musobaqalarning fakultet bosqichi “Iqtisodiyot” fakultet talaba-yoshlari o’rtasida VOLEYBOL sport turi bo’yicha boshlandi.
Musobaqada fakultetning 60 dan ortiq talaba-yoshlari faol ishtirok etmoqda. Musaboqa “Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasining malakali murabbiylar tomonidan olib borilmoqda.