Toshkent moliya institutida 2022-yilga moʻljallangan ilmiy-tadqiqot faoliyati yakunlari, nomdor stipendiatlarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 22-fevral kuni Toshkent moliya institutida 2022-yilga moʻljallangan ilmiy-tadqiqot faoliyati yakunlari, nomdor stipendiatlarni taqdirlash marosimi tashkil etildi.
2022-2023 oʻquv yilida Toshkent moliya instituti iqtidorli talabalari koʻplab yutuqlarga erishdilar.
Jumladan: 1 nafar Prezident stipendiyasi, 6 nafar Alisher Navoiy stipendiyasi, 1 nafar Islom Karimov stipendiyasi, 10 nafar Rektor stipendiyasi, 5 nafar Murod Sharifxodjayev, 3 nafari Abdulla Qahhor nomli stipendiyalari sohiblari boʻldilar.
Shuningdek, institut salohiyatini oshishida oʻzining ilmiy faoliyati bilan yuqori natijalar qayd etayotgan qator professor-oʻqituvchilar tegishli nominatsiyalar boʻyicha taqdirlandi.
Eng yaxshi innovatsion loyiha muallifi nominatsiyasi boʻyicha – Korporativ Moliya va qimmatli qogʻozlar kafedrasi dotsenti Qurbonov Javlon Joʻrabekovich;
Eng faol ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish nominatsiyasi boʻyicha – Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot kafedrasi va kafedra mudiri Ilhamova Yodgorxon Saidaxmedovna.
Eng koʻp mualliflik guvohnomasi olgan kafedra nominatsiyasi boʻyicha – Moliya kafedrasi va kafedra mudiri Qobulov Xotamjon Abdukarimovich;
Eng yuqori ilmiy salohiyat nominatsiyasi boʻyicha – “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi va kafedra mudiri Kuzieva Nargiza Ramazanovna;
Ilmiy-tadqiqot faoliyatining maqsadli koʻrsatkichlarini bajarish nominatsiyasi boʻyicha – “Menejment va marketing” kafedrasi va kafedra mudiri Allayorov Shamsiddin Amanullaevich;
Eng koʻp Scopus va Web of science maʼlumotlar bazasida indeksatsiya qilingan maqolalar nominatsiyasi boʻyicha – “Korporativ moliya va qimmatli qogʻozlar” kafedrasi va kafedra mudiri Toshmurodova Bibisora Egamovna