Talaba-yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha targʻibot tadbiri oʻtkazildi

Talaba-yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha targʻibot tadbiri oʻtkazildi

 

2024-yilning 22-yanvar kuni Toshkent moliya institutida “Talaba-yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish" boʻyicha targʻibot tadbiri tashkil etildi.





Mazkur tadbirda institut rektori T.Teshabayev, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori K.Karimova, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari A.Murodov, Toshkent shahar IIBB XPB boshligʻi oʻrinbosari podpolkovnik D.Axmedov, Toshkent shahar IIBB XPB  katta inspektori leytenant K.Nishonov, Yunusobod tuman IIOFMB 5-son IIB boshligʻi podpolkovnik X.Suinbayev, institut profilaktika inspektorlari, barcha fakultet dekanlari hamda yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovinlari, barcha fakultet tyutorlar va talaba-yoshlari ishtirok etishdi.













 

Targʻibot tadbirida yoshlar bilan olib boriladigan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, ular oʻrtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarni tizimli tashkil etish, turli zararli oqimlar taʼsiriga tushib qolishdan asrash, yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishni taʼminlashga qaratilgan muhim vazifalar toʻgʻrisida maʼruzachilar tomonidan fikr-mulohaza va takliflar bildirildi.








Tadbir davomida talabalarning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.

17:54 / 2024-01-22
Success helper
Success warning