,,Byudjet hisobi va ğaznachilik fakulteti BNG'-91 guruh talabalari bilan birgalikda,,Qatag'on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi"ga tashrifi

,,Byudjet hisobi va ğaznachilik fakulteti BNG'-91 guruh talabalari bilan birgalikda,,Qatag'on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi"ga tashrifi

Vatanimiz istiqloli, xalqimizning ozodligi va erkinligi, kelajak avlodlarning tinch va farovon hayotini ta’minlash yo‘lida mardona kurash olib borib aziz jonlarini fido qilgan, mustabid tuzum davrida qatag‘on qilingan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning faoliyati va merosini o‘rganish hamda targ‘ib etish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, o‘tgan davrda ushbu yo‘nalishda muhim farmon va qarorlar qabul qilindi.   Yurtimizda 2001-yildan buyon har yili 31-avgust — “Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni” sifatida keng nishonlab kelinmoqda. “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi barpo etildi. “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda  hududlardagi oliy ta’lim muassasalari qoshida uning bo‘limlari tashkil etildi.

Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Is’hoqxon Ibrat, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy kabi ulug‘ ma’rifatparvar ajdodlarimiz xotirasiga bag‘ishlangan muhtasham haykallar, muzeylar bunyod etildi, ijod maktablari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Siyosiy qatag‘on yillarida nohaq qurbon bo‘lgan yurtdoshlarimizning nomlarini aniqlash, ularning qoldirgan merosini o‘rganish va keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlari, badiiy va hujjatli asarlar yaratilmoqda.



00:31 / 2021-11-13
Success helper
Success warning