Tazyiq va zo’ravonlikka qarshimiz!
Toshkent moliya institutida “25-noyabr – Xotin-qizlarga nisbatan zo’ravonlikka barham berish xalqaro kuni” munosabati bilan o’tkazilayotgan “Biz zo’ravonlikka qarshimiz” aksiyalari doirasida “Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish tarafdorimiz!” mavzusida navbatdagi davra suhbati bo’lib o’tdi.
Tadbir institut Xotin-qizlar kengashi tomonidan tashkil etildi. Unda Toshkent Davlat yuridik universiteti, “Davlat va huquq nazariyasi va tarixi” kafedrasining professori, yuridik fanlari doktori Muxiddinova Feruza Abdurashidovna, Yunusobod tuman mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’ining birinchi o’rinbosari Ibragimova Shaxzoda Nabiyevna, Yunusobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo’limi xotin-qizlar masalalari bo’yicha katta inspektori, podpolkovnik Abzalova Shaxnoza Ganiyevna, katta leytenant Saparova Eleonora Rustamovna, Din ishlari bo’yicha qo’mita Yunusobod tumani bosh mutaxassisi Jumaev Shoxrux Shuhratjon o’g’li ishtirok etib, ta’lim muassasalarida va mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish, xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish borasidagi qimmatli fikr-mulohazalari bilan o’rtoqlashdilar.
Tadbirda xotin-qizlarning oila va jamiyatdagi qadr-qimmatini oshirish, ta’lim muassasalarida ularga nisbatan tazyiq va zo’ravonlikning oldini olish, islom dinida erkak va ayolning mavqei, mamlakatimizda xotin-qizlar manfaatlarining huquqiy himoyasi kabi masalalarda fikr almashinildi, tazyiq va zo’ravonlikdan himoyalanish mavzusidagi videoroliklar namoyish qilindi.
Tadbirda institutning “Byudjet hisobi va g’aznachilik” fakulteti talabalari hamda tuman mahallalarining bir guruh faol ayollari ishtirok etdilar.