Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti bilan istiqboldagi hamkorlik vazifalari muhokama etildi
2022-yil 25-aprel kuni Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti rektori Bogush Vadim Anatolyevich boshchiligidagi delegatsiya ikki tomonlama strategik hamkorlikni yana-da kengaytirish maqsadida Toshkent moliya institutiga tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomidagi muzokaralarda institutning moliya-iqtisod ishlari bo’yicha prorektor Sh.Sindarov, TMI-PDU qo’shma fakulteti dekani T.Baymuratov, Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i S.Avazxodjayevlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda qo‘shma diplom dasturini amalga oshirish hamda talabalar va professor o‘qituvchilar akademik mobilligini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi.