TMI professori tomonidan AQSH universitetida mahorat darslari oʻtkazildi
Xabar qilganimizdek, Bank ishi kafedrasi mudiri, i.f.d., professor Akrom Omonov AQSHning Massachusets shtati, Boston shahridagi Suffolk universitetida xizmat safarini oʻtamoqda. Xizmat safari davomida professor qator ilmiy va amaliy vazifalar, xususan, ushbu universitetda mahorat darslari oʻtishi ham rejalashtirilgan.
Mazkur reja doirasida A.Omonov 2022-yil 28-noyabr kuni “The Banking System of Uzbekistan and Russian Federation: how banking works in the countries of the Commonwealth of Independent States?” mavzusidagi navbatdagi mahorat darsini oʻtdi. Mahorat darsiga Suffolk universitetining Sawyer Business School dekani, mutaxassislik fanlar kafedra mudirlari, mavzuga qiziqish bildirgan professor-oʻqituvchilar hamda magistrlar ishtirok etdi.
Professor A.Omonov dunyo iqtisodiyotining globallashuvi va hozirgi geosiyosiy vaziyat jarayonida Mustaqil davlatlar hamdoʻstlik mamlakatlarida monetar siyosat va banklarning oldidagi dolzarb masalalar boʻyicha bergan savollariga atroflicha javob berdi.