Boʻlajak moliyachilarning kasbiy kompetensiyasini shakllantirishda video-keys metodlaridan foydalanish
Joriy yil 20-yanvar kuni Toshkent moliya instituti qoshidagi akademik litseyda Toshkent moliya instituti “Oʻzbek va rus tillari” kafedrasi tomonidan “Boʻlajak moliyachilarning kasbiy kompetensiyasini shakllantirishda video-keys metodlaridan foydalanish” mavzusida master-klass oʻtkazildi.
Mazkur tadbir davomida Oʻzbek va rus tillari kafedrasi professor-o'qituvchilari soʻzga chiqib, oʻquvchilar tafakkurining rivojlantirish usullari, video-keys va taqdimotlar yaratishning samarali yoʻllari, namunalar asosida video-keysni jamoaviy tarzda yechish, muammoli vaziyatni tahlil qilish haqida tavsiyalar berdilar.
Akademik litsey pedagog-kadrlari uchun kafedra tomonidan oʻtkazilgan ushbu master-klass davomida maʼruzachilarga savollar berildi, barcha uchun foydali va qiziqarli boʻlgan maʼlumotlar yuzasidan fikr-mulohazalar almashilindi.