Toshkent moliya instituti bilan Jeneva xalqaro instituti o‘rtasida xalqaro hamkorlik yanada kengaytiriladi

Toshkent moliya instituti bilan Jeneva xalqaro instituti o‘rtasida xalqaro hamkorlik yanada kengaytiriladi

O‘zbekiston Respublikasining BMT va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy missiyasi ko‘magida  Toshkent moliya institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori N.Oblamuradov va kafedra mudiri J.Ataniyazov xizmat safari yuzasidan Shveysariyaning Jeneva shahrida joylashgan Jeneva xalqaro instituti (International institute in Geneva) da bo‘lishdi.

 

 

Xizmat safari davomida ikki oliygoh o‘rtasida talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar malaka oshirishi, bank ishi, moliya va sug‘urta ishi kabi yo‘nalishlarda hamkorlikda qo‘shma dasturlarni amalga oshirish, Jeneva va Syurix kabi xalqaro moliyaviy markazlarda bank-moliya sohasining xodimlarini malakasini oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish, xalqaro ilmiy loyiha va anjumanlarni, moliyaviy texnologiyalardan (FinTech) foydalanishga oid o‘quv kurslarini tashkil etish va shu kabi boshqa masalalarni qamrab olgan hamkorlikni joriy qilish borasida muzokaralar olib borildi.

13:39 / 2023-12-05
Success helper
Success warning