Avstriya va Gruziya universitetlari bilan xalqaro hamkorlik

Avstriya va Gruziya universitetlari bilan xalqaro hamkorlik

Joriy yilning 10-noyabr kuni Yuqori Avstriya Amaliy fanlar universiteti prezidenti Prof. Gerald Reisinger va Gruziyaning Kavkaz universiteti prezidenti Prof. Kakha Shengelia ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni oʻrnatish maqsadida Toshkent moliya institutiga tashrif buyurdi. 
 

Uchrashuv davomida oliy taʼlim muassasalari hamkorligida talabalar, professor-oʻqituvchilar hamda ilmiy-tadqiqotchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, qoʻshma tadqiqotlar tashkil etish va xalqaro ilmiy loyihalarda ishtirok etish masalalari muhokama etildi. 







 

Uchrashuv yakunida akademik hamkorlikni oʻrnatish boʻyicha Memorandum imzolashga, shuningdek, kelgusidagi amalga oshiriladigan vazifalar boʻyicha yoʻl xaritasi tuzish kelishib olindi.





 

18:44 / 2021-11-10
Success helper
Success warning