“Iqtisodiyotni raqamlashtirish va moliyaviy xavfsizligini taʼminlash sharoitida moliya, sanoat va qishloq xoʻjaligi tarmoqlarida biznes jarayonlarini transformatsiyalash” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi

“Iqtisodiyotni raqamlashtirish va moliyaviy xavfsizligini taʼminlash sharoitida moliya, sanoat va qishloq xoʻjaligi tarmoqlarida biznes jarayonlarini transformatsiyalash” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonni rivojlantirish strategiyasi toʻgʻrisida” gi farmonining 3 yoʻnalishida qoʻyilgan vazifalarning ilmiy yechimlarini nazariy-ilmiy-amaliy tomondan aniqlash va “milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlash” maqsadida, 2023-yil 28-fevral kuni Toshkent moliya instituti “Iqtisodiy xavfsizlik” kafedrasi tomonidan “Iqtisodiyotni raqamlashtirish va moliyaviy xavfsizligini taʼminlash sharoitida moliya, sanoat va qishloq xoʻjaligi tarmoqlarida biznes jarayonlarini transformatsiyalash” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.  



 

Anjuman ishida institut rektori, prof. T.Z. Teshabayev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor, prof. A.X. Islamkulov, Ural davlat iqtisodiyot universiteti rektori, professor - Silin Yakov Petrovich, Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universiteti Senior Lecturer Department of Economics - Naqeeb Ur Rehman, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori - Dusmuratov Rajapbay Davlatbayevich, Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi dotsenti - Mirzayev Fayzulla Ibodullayevich, Ural davlat iqtisodiyot universiteti Qoʻshimcha taʼlim boʻyicha prorektor, prof. Knyazeva Yelena Gennadevna, Qoʻshimcha taʼlim  instituti direktori, prof. Zakirova Elina Rafikovna hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, xorijiy tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari va qator vazirlik va idoralar, moliya – kredit tashkilotlari, oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilari, ilmiy – tadqiqot institutlari xodimlari ishtirok etdilar.      




  



Anjumanda globallashuv sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlash: muammo va yechimlar, bank-moliya tizimida xavfsizlikni taʼminlash va axborot muhofazasini yanada takomillashtirish, innovatsiya va iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida moliyaviy xavfsizlikni taʼminlash masalalari, iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida agrar sohada transformatsiya jarayonlari, global oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlashga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy yechimlar koʻrib chiqildi.  









Yalpi majlisdan soʻng anjuman oʻz faoliyatini toʻrtta boʻlimda davom ettirdi. Konferensiyada ishtirokchilar tomonidan 50 dan ortiq ilmiy taqdimotlar namoyish etildi, shuningdek, ishtirokchilar oʻrtasida oʻzaro munozaralar olib boriladi.





 

Xalqaro konferensiya soʻngida Ural davlat iqtisodiyot universiteti  Qoʻshimcha taʼlim boʻyicha prorektor, iqtisod fanlari doktori, professor Knyazeva Yelena Gennadevna hamda Qoʻshimcha taʼlim  instituti direktori, iqtisod fanlari doktori, professor Zakirova Elina Rafikovnaga Toshkent moliya institutining “Tashrif buyuruvchi Professor (Visiting professor)” faxriy  unvoni berildi.










Ishtirokchilar mazkur anjumanni sohadagi muammolarning amaliy yechimlar, chuqur fikr-mulohazalarga boy tarzda yuqori saviyada tashkil etilganligini alohida taʼkidlab oʻtdilar.

 

18:36 / 2023-02-28
Success helper
Success warning