“Xalqaro moliya-kredit” kafedrasi tashabussi bilan "Moliya" fakulteti talabalari uchun “i2bf Global Ventures” investitsiya kompaniyasi direktori Denis Kalishkin tomonidan seminar-trening tashkil etildi

“Xalqaro moliya-kredit” kafedrasi tashabussi bilan "Moliya" fakulteti talabalari uchun “i2bf Global Ventures” investitsiya kompaniyasi direktori Denis Kalishkin tomonidan seminar-trening tashkil etildi

 

18-oktyabr kuni "Xalqaro moliya-kredit" kafedrasi tomonidan "Moliya" fakulteti talabalari uchun seminar tashkil etildi. Tadbirda i2bf Global Ventures investitsiya kompaniyasi direktori Denis Kalishkin hamda "Xalqaro moliya-kredit" kafedrasi o'qituvchilari ishtirok etishdi.

 

Seminar doirasida Denis Kalishkin talabalarni AQSh, Yevropa, Lotin Amerikasi, Rossiya va Qozog'iston bozorlaridagi IT-kompaniyalar bilan ishlash bilan tanishtirdi, undan tashqari kasbga oid suhbatlar o'tkazdi va Global Ventures faoliyati haqida so’z yuritdi.



 

Bundan tashqari, tadbir davomida davlat ishtirokidagi venchur fondi ilm-fan va texnologiyaning eng ilg'or sohalariga keng ko'lamli investitsiyalarni jalb etishga qodir ekanligi ta'kidlandi, ular keyinchalik milliy iqtisodiyotning motivatori bo'lib, bandlik va aholi farovonligining o'sishini ta'minlashi haqida ma’lumotlar berdi.
 

Tadbir yakunida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar va seminar yoshlarning investitsiya sohasidagi bilimlarini oshirishga va talabalarning innovatsion startaplarning milliy iqtisodiyotning yuqori texnologiyali tarmoqlarini rivojlantirishdagi muhim roli haqidagi bilim va ko'nikmalarini boyitishga xizmat qildi.

12:25 / 2022-10-19
Success helper
Success warning