Toshkent moliya institutiga talabalikka tavsiya etilganlar diqqatiga!
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 26-avgustdagi “Respublika oliy taʼlim muassasalarida 2021/2022 oʻquv yilini boshlash toʻgʻrisida”gi 366-sonli hamda Toshkent moliya instituti rektorining
2021-yil 31-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yiI 26-avgustdagi 366-son buyrugʻi ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida”gi 318-sonli buyruqlariga asosan, Toshkent moliya institutida yangi 2021/2022 oʻquv yilini joriy yilning 6-sentyabridan anʼanaviy taʼlim shaklida boshlanishi belgilangan. Bu haqida institut Oʻquv-uslubiy boshqarmasi maʼlum qilmoqda.
Buyruqqa koʻra, talabalikka tavsiya etilganlar shartnomada belgilangan miqdorda va muddatlarda toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlagunga qadar farmoyish asosida oʻquv mashgʻulotlariga qatnashishlariga ruxsat beriladi.
Talabalikka qabul qilingan barcha yoshlarimizni institut rahbariyati nomidan yana bir bor tabriklaymiz.
TMI matbuot xizmati