“Yashil” iqtisodiyot va “yashil” moliyalashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasida BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi (UNECE) bilan hamkorlik qilinadi
Toshkent moliya instituti vakillari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa iqtisodiy komissiyasi (UNECE)da xizmat safari yuzasidan bo‘lishdi.
Institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori N.Oblamuradov va kafedra mudiri J.Ataniyazov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa iqtisodiy komissiyasining ijrochi kotibi o‘rinbosari Dmitriy Mariyasin bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida “yashil” iqtisodiyot va “yashil” moliyalashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim dasturlarini rivojlantirish, professor-o'qituvchilar va talabalar uchun malaka oshirish hamda treninglarni tashkil etish, davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish, Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dastur (SPECA) doirasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga oid masalalar muhokama qilindi.