Xushxabar! Talabalarimiz “Zakovat” intellektual oʻyinining Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritishdi

Xushxabar! Talabalarimiz “Zakovat” intellektual oʻyinining Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritishdi

2022-yil 13-17-dekabr kunlar poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida Toshkent shahrida joylashgan Oliy taʼlim muassasa talaba-yoshlari  oʻrtasida “Zakovat” oʻyinining hududiy bosqichi  boʻlib oʻtdi. 

 

“Zakovat” intellektual oʻyinining hududiy bosqichida Toshkent moliya institutining “Moliyachi” jamoasi rahbari, TMI “Zakovat” intellektual  klub koordinatori K.Maxmudov va  “Moliyachi” jamoa aʼzolari: Malikov Doston Ramiz oʻgʻli, Zarifboyev Javohir Xolbek oʻgʻli va Raxmonov Otabek Xayrulla oʻgʻli (Byudjet hisobi va gʻaznachilik fakulteti talabalari), Yandashova Parizoda Avaz qizi va Qodiraliyev Otabek Ulugʻbek oʻgʻli (Moliya fakulteti talabalari), Nasullayev Alibek Aminjon oʻgʻli va Anvarov Jasurbek Ashurbek oʻgʻillari (Iqtisodiyot fakulteti talabalari) munosib ishtirok etib, Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritishdi.

 

 

 

Talabalarimizga Respublika bosqichida omad va zafarlar tilaymiz!

 

Maʼlumot uchun: Ushbu “Zakovat” oʻyinining hududiy bosqichida Toshkent shahrida joylashgan Oliy taʼlim muassasalarining 59 ta jamoalari ishtirok etishdi.
19:10 / 2022-12-13
Success helper
Success warning