Bizning jamiyatda tazyiq va zo'ravonlikka o’rin yo'q!
Xabaringiz bor, institut Xotin-qizlar Kengashi tomonidan “Zo’ravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi doirasida turkum tadbirlar va uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Navbatdagi tadbir Soliqlar va sug’urta fakulteti Xotin-qizlar tashkiloti tashabbusi bilan 2022-yil 14-dekabr kuni “Bizning jamiyatda tazyiq va zo'ravonlikka o’rin yo'q!” mavzusida tashkil etildi.
Unda Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoyat-protsessual huquqi” kafedrasi dotsenti, yu.f.n. M.Kadirova, Yunusobod tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi Xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha katta inspektorlari, mayor Ye.Zakirova, kapitan M.Pirmatova, H.Sotvoldiyeva mamlakatimizda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishning huquqiy jihatlari va tegishli qonunlarning amaldagi ijrosi haqidagi ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Tadbir mehmonlari uchrashuvda ishtirok etgan institut talabalarining suhbat mavzusi doirasidagi huquqiy savodxonligi va ijtimoiy faolligi yuqori ekanligini alohida ta’kidladilar.