Iqtidorli talabalar
Iqtidorli talabalar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi sovrindori

Familiyasi, ism-shirifi: Rajabov Sharof Ataboy oʻgʻli

Tugʻilgan yili, kuni va joyi: 1994.01.06
Tahsil olayotgan/olayotgan oliy taʼlim muassasasi: Toshkent moliya instituti
Faoliyati yoʻnalishi: Bank hisobi va audit

 

Erishgan natijalari:

 

Yil Joy Tadbir nomi
1 2010 yil Xorazm “Matematika” fani boʻyicha oʻtkazilgan fan olimpiadasining Xorazm viloyati bosqichida gʻolib boʻldi.
2 2016 yil Toshkent Sh.Rajabov 2016 yil “Soliq bilimdonlari” koʻrik tanlovining mintaqaviy bosqichida faol ishtirok etganligi uchun munosib taqdirlandi.
3 2018-2019 oʻquv yili uchun Toshkent Rajabov Sharof 2018-2019 oʻquv yili uchun magistraturaning “Biznes va boshqaruv” yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sovrindori boʻldi.
4 2018 yil Toshkent “Tijorat banklarida ichki audit xizmati va uni takomillashtirish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi ustida izlanishlar olib bormoqda.

 

Tarjimai xol:

  Rajabov Sharof Ataboy oʻgʻli 1994-yil 1-iyunda Xorazm viloyati Bogʻot tumanida tavallud topgan. 
  2017-yil Termiz davlat universiteti “Moliya” yoʻnalishini muvaffaqiyatli tamomlagan. Bugungi kunda Toshkent moliya institutining Magistratura boʻlimida “Bank hisobi va audit” mutaxassisligi boʻyicha tahsil olib kelmoqda. U institutda oʻzining namunali xulqi, bilimga chanqoqligi bilan keng jamoatchilik orasida hurmat qozondi. 
Oʻtgan davr mobaynida Sh.Rajabov qator yutuqlarga erishishga muvaffaq boʻldi. U 2010 yil “Matematika” fani boʻyicha oʻtkazilgan fan olimpiadasining Xorazm viloyati bosqichida gʻolib boʻldi.
  Sh.Rajabov 2016 yil “Soliq bilimdonlari” koʻrik tanlovining mintaqaviy bosqichida faol ishtirok etganligi uchun munosib taqdirlandi. Rajabov Sharof 2018-2019 oʻquv yili uchun magistraturaning “Biznes va boshqaruv” yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sovrindori boʻldi.
  Rajabov Sharof Ataboy oʻgʻli ilmiy izlanishdagi erishgan natijalar bilan ham talaba-yoshlarga oʻrnak boʻlib kelmoqda. Bugungi kunda uning koʻplab ilmiy maqola va tezislari respublika va xalqaro konferensiyalar hamda ilmiy jurnallarda chop etilgan. Shuningdek, Rajabov Sharof “Tijorat banklarida ichki audit xizmati va uni takomillashtirish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi ustida izlanishlar olib bormoqda.


 

 

Success helper
Success warning