Tarmoqlararo institut Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 13 martdagi №91-f-sonli Farmoyishiga binoan tashkil qilingan. Tarmoqlararo institut Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 28 maydagi PQ-1761-sonli “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini shunday kadrlar bilan taʼminlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlash toʻgʻrisida” gi va 2017 yil 12 sentyabrdagi PQ-3270-sonli “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevraldagi 25-sonli “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi, 2012 yil 10 avgustdagi 242-sonli “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari rahbar va pedagogik kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarorlari va Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi Markazining 2017 yil 27 dekabrdagi 689-sonli “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlashning 2018 yil reja koʻrsatkichlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Oʻzbekiston banklari Assotsiatsiyasi tomonidan tasdiqlangan “2018 yilda bank xodimlari uchun oʻquv kurslar va seminarlarni oʻtkazish jadvaliga”, Oʻzbekiston Respublikasi valyuta birjasi bilan 2018 yilning 19 sentyabrida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandumga asosan malaka oshirish kurslarini tashkil qildi.
Tarmoqlararo institutda tijorat banklari xodimlari hamda kasb-hunar kollejlari pedagoglari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilib kelinmoqda.
Institut tarkibida kafedra va fakultetlar yoʻq, toʻliq shtatda institut maʼmuriyati ishlaydi.
Tarmoqlararo institutda soatbay asosida jami 43 nafar professor-oʻqituvchilari va mutaxassis-amaliyotchilar jalb qilinmoqda. Shulardan 15 nafar professor-oʻqituvchilar kasb-hunar kollejlari pedagoglarini malakasini oshirish kurslariga va 28 nafar professor-oʻqituvchilari hamda yetuk amaliyotchilar bank tizimi mutaxassislarining malakasini oshirish kurslariga jalb etilmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Oʻzbekiston Respublikasi valyuta birjasi, Toshkent tovar xom-ashyo birjasi, Toshkent shahar kasaba uyushmasi va tijorat banklarining yetuk amaliyotchi-mutaxassislari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, Toshkent moliya instituti, Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetlarining olimlari, professor-oʻqituvchilari hamda tijorat banklari faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlgan soliq maslahatchilari va auditorlar jalb etildi. Ushbu professor-oʻqituvchilaridan 5 nafari fan doktori, professorlar, 12 nafari fan nomzodi, dotsentlar, 24 nafari amaliyotdan yetuk mutaxassislar hamda 2 nafari katta oʻqituvchilar.
Institut oʻz faoliyatini Toshkent moliya institutining Yunusobod tumani, A. Temur koʻchasi , 60 A-uyda joylashgan “A” oʻquv binosining 3-qavati 318-319 oʻquv xonalarida olib bormoqda. |
Tarmoqlararo institutda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Oʻzbekiston banklari Assotsiatsiyasi tomonidan tasdiqlangan “Bank xodimlari uchun oʻquv kurslar va seminarlarni oʻtkazish jadvaliga” asosan quyidagi mavzularda kurslar tashkil etilmoqda :
- Banklarda buxgalteriya hisobi va audit;
- Moliyaviy va kredit tahlili;
- Banklarning valyuta operatsiyalari va ularning hisobi;
- Banklarni soliqqa tortish va ularning hisob;
- Bazel III talablari asosida banklarning aktiv va passivlarini boshqarish;
- Bazel qoʻmitasining bank nazorati boʻyicha yangi tavsiyalari. Bazel III;
- Banklarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazoratni tashkil qilish yuzasidan milliy qonunchilik talablari va xalqaro standartlar;
- Tijorat banklarining resurslarini boshqarish;
Tarmoqlararo institut va tijorat banklari oʻzaro hamkorlikda ham quyidagi mavzularda malaka oshirish kurslari mavjud:
- Banklarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazoratni tashkil qilish yuzasidan milliy qonunchilik talablari va xalqaro standartlar;
- Valyuta ayirboshlar va konversiya operatsiyalari;
-Chet el valyutasi savdolari boʻyicha birja savdolarida ishtirok etuvchi treyderlar tayyorlash
- Banklarda buxgalteriya hisobi va audit (zaxiraga olingan xodimlar uchun)
Kasb-hunar kollejlari pedagoglarini malakasini oshirish 3 ta yoʻnalishda tashkil etildi:
- Moliyaviy masalalar boʻyicha kichik mutaxassis;
- Bank ishi mutaxassisi;
-Soliq mutaxassisi.
Tarmoqlararo institutda 2018 yilda 2,5 mingdan ziyod tijorat banklari xodimlari va pedagog kadrlar oʻz malakasini oshirdi. |
T/r |
Yoʻnalishlar |
Reja, kishi |
Haqiqatda, kishi |
Bajarildi, foizda |
1 |
Tijorat banklari xodimlarining malakasini oshirish |
2500 |
2744 |
109 |
2 |
Kasb-hunar kollejlari pedagoglarining malakasini oshirish |
59 |
51 |
87 |
|
Jami: |
2559 |
2795 |
109 |
Institut rahbariyati:
1.Direktor – Xolmaxmadov Zamir Abduraxmanovich ushbu lavozimda 2017 yil 03 yanvardan ishlaydi.
2.Direktor oʻrinbosari - Jiyanov Bahriddin Ibragimovich, ushbu lavozimda 2011 yil 1 oktyabrdan ishlaydi.
3. Bosh hisobchi–Davыdova Zulfira Marsovna, lavozimda 1992 yildan buyon ishlaydi. |