Toshkent moliya instituti axborot-resurs markazi direktori:
|
Kayumova Nasiba Akbarovna 1982 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2006 yil Toshkent Davlat madaniyat institutini “Kutubxonashunoslik va axborot tizimlari” yo‘nalishini tamomlagan. 2021 yildan buyon Toshkent moliya instituti axborot-resurs markazi direktori lavozimida ishlab kelmoqda. |
Markazning asosiy maqsadi |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi PQ-381-son “Respublika axolisini Axborot-Kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2006 yil 29 dekabrdagi 295-son “Axborot resurs markazlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i hamda Institut rektorining 2006 yil 7 iyuldagi 103-sonli “Institutda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi “Respublika axolisini axborot-kutubxona ta’minotini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi buyruqlariga asosan Toshkent moliya instituti Axborot resurs markazi tashkil etildi. |
Markazning asosiy vazifalari |
1. Talabalar, pedagog xodimlar va ilmiy tadqiqotchilarni o‘quv adabiyotlardan foydalanishga bo‘lgan talablarini qondirish, ularga ma’lumot axborot xizmatini ko‘rsatish;
|