Kafedra tarixi
“Bank ishi” kafedrasi 1930-yillarda O‘rta Osiyo moliya instituti tashkil etilishining birinchi yillarida “Pul muomalasi va kredit” kafedrasi nomi bilan ochilgan, keyinchalik Toshkent Xalq xo‘jaligi institutining “Pul muomalasi va kredit” kafedrasi deb nomlangan. 1991-yilda Toshkent moliya instituti tashkil etilishi bilan bu kafedra shu institutining “Pul muomalasi va kredit” kafedrasi sifatida faoliyat olib bordi. 1996-yilda kafedraga “Bank ishi” kafedrasi nomi berildi.
Kafedrada rahbarlik qilgan professor-o‘qituvchilar haqida ma’lumot:
- Kafedrani. 1931-1942 yilgacha Novakov va Shvarslar boshqargan
- 1942-1952 yillarda, i.f.d., prof. Yu.E.Shenger
- 1952-1976 yillarda, i.f.d., prof.N.N.Shabanova
- 1976-1989 yillarda, i.f.n., dots. I.V.Shanchenko
- 1989 -1990 yillarda, i.f.n., dots. V.L.Pshenichnik
- 1990-1991 yillarda, i.f.n., dots. V.A.Ten
- 1991-1992 yillarda, i.f.d., prof.. D.G.Gozibekov
- 1992-1994 yillarda, i.f.n., dots. Z. Xolmaxmadov
- 1994-2006 yillarda, i.f.d., prof. Sh.Z.Abdullaeva
- 2006-2013 yillarda, i.f.n., S.X. Norqobilov
- 2013-2017 yillarda, i.f.n., dots. D.A. Saidov
- 2017-2023 yillarda i.f.d., professor A.A.Omonov
- 2023 yil fevraldan boshlab kafedraga i.f.n., dots. D.A. Saidov rahbarlik qilib kelmoqda.