Bo'lim boshlig'i: Yakubjanova Fotima Madiyarbekovna
Telefon: (+ 998 71) 234-67-71
E-mail: devonxona@tfi.uz |
Yakubjanova Fotima Madiyarbekovna
1975 yil Toshkent shahar Yunusobod tumanida tavallud topgan. 1997 yil Nizomiy nomidagi Davlat Pedagogika institutini hamda 2005 yil Toshkent moliya institutini tugatgan. 2000 yildan buyon Toshkent moliya instituti “Devonxona” bo’limi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. |
Bo’limning funksional vazifalari |
"Hujjatlar yig'ma-jildi" Toshkent shahar Arxivi tomonidan 2015 yil 23 noyabr 9-bayonnomasi bilan va institut Ilmiy Kengashini 5-sonli qarori bilan 2015 yil 29 dekabrda tasdiqlandi va bo'limlarga, fakultetlarga, kafedralarga tarqatildi hamda hujjatlar ish yuritilishi yo'lga qo'yilgan.
O'zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida"gi Qonuni ijrosiga asosan institut rektorati binosida fuqarolarning yozma va og'zaki murojaatlari bilan ishlash bo'yicha maxsus xona (1 - bino, 112 - xona) ajratilgan bo'lib, fuqarolarni qabul qilish jadvaliga asosan ish olib borildi. Faoliyat yuzasidan hisobotlar jadval shaklida har chorakda bir marta OO'MTV devonxonasiga taqdim etilib kelinadi. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 26.01.2005 yildagi 15 - sonli "Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tizimida hujjatlar harakati va ijrosini nazorat qilish mexanizmini tasdiqlash haqida"gi buyrug'iga asosan 2 fevral 2005 yilda "Toshkent Moliya institutida hujjatlar harakati va ijrosini nazorat qilish mexanizmi" yo'riqnomasi ishlab chiqilgan hamda rektor tomonidan tasdiqlangan. Institutda hujjatlarning aylanish mexanizmi, hujjatlarni tayyorlash tartibi, ularning o'rnatilgan tartibda saqlanishi ta'minlandi va yuriqnoma asosida amalga oshiriladi.
Institut rektori tomonidan tasdiqlangan "Nizom"iga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining buyruqlari hamda Hay'at qarorlari va boshqa (yo'riqnoma xat, modemogramma va telefonogramma) ko'rsatmalar elektron portal tizimi orqali institut devonxona mudiri tomonidan qabul qilinib kelinmoqda. Devonxona xodimlari tomonidan barcha qabul qilingan me'yoriy hujjatlar ijrosi bo'yicha ma'lumotnomalar belgilangan muddatda vazirlikning elektron pochta, faks orqali jo'natilib kelinmoqda.
Institut devonxonasida ish yuritish belgilangan yig'ma jildlar bo'yicha tashkil etilgan, hujjatlarni ro'yxatga olish va yuritish, ulardan foydalanish uchun zaruriy tartib qoidalar asosida yo'lga qo'yilgan. Bundan tashqari kirish va chiqish xatlari doimiy nazoratga olinib va ular bo'yicha nazorat varaqalari orqali nazorat qilinib borilgan. Devonxona bo'limiga 2007 yil yanvar oyidan boshlab hujjatlarni aylanishini nazorat qilish bo'yicha "Askid" programmasi o'rnatilgan. Vazirlikdan va har qaerdan kelgan xatlar "Askid" programmasiga kiritilib borilib va nazorati olib borilmoqda. Institut devonxonasida boshqa tashkilotlar bilan internet, faks va pochta orqali o'zaro aloqalar o'rnatilgan.
Institut arxivida saqlanayotgan hujjatlarni ro'yxatga olish, ularni yil bo'yicha ajratish va tartibga solish, arxiv hujjatlaridan foydalanish o'rnatilgan tartib qoidalari asosida amalga oshiriladi.
Institut kafedralaridan bitiruv malakaviy ishlar, ishlab chiqarish amaliyoti hisobotlari va kurs ishlari, institut bo'limlarini hujjatlari qabul qilinib saqlanib kelinmoqda. |
Bo’limning asosiy vazifalari |
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 12-sonli, 1999 yil 29 martdagi “O’zbekiston Respublikasi davlat xokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo’yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli, 1999 yil 30 oktyabrdagi “Arxiv ishi bo’yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi 482-sonli Qarorlari asosida ish olib borishdan iborat.
Institut rektori tomonidan tasdiqlangan “Nizom”iga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlar, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o’rta maaxsus ta’lim vazirligining buyruqlari hamda Hay’at qarorlari va boshqa yo’riqnoma, xat ko’rsatmalar elektron portal tizimi orqali institut devonxonasi tomonidan qabul qilinib kelinadi. Devonxona xodimlari tomonidan barcha qabul qilingan me’yoriy hujjatlar ijrosi bo’yicha ma’lumotnomalar belgilangan muddatda vazirlikning elektron pochta, faks orqali yuboriladi. |
Bo'lim ish tartibi |
- Institutda ish yuritish ishlarini olib borish va takomillashtirish.
- Kirish hujjatlarini qayd qilish va ular bilan ishlashni to'g'ri tashkil qilish.
- Yuqori tashkilotlar, institut rektorining farmoyishlari, buyruqlari va fuqarolar arizalarining bajarilishini nazorat qilishni ta'minlash.
- Ish yuritish jarayonida tashkil topgan hujjatlardan foydalanish va ularni saqlashni ta'minlaydi.
- Xatlarni qabul qilish va yuborish.
- Institut raxbariyatiga va bo'limlariga hujjatlar, fuqarolar arizalarini taqsimlash, ularni qayd etish va ijrosini muntazam nazorat qilish.
- Institut rahbariyatiga ish yuritish va xatlar ijrosini nazorat qilishga doir xabarlar taqdim etish.
- Institut bo'limlari ish yuritish xizmati xodimlari (laborant, kotiba) ishlarini nazorat qilish ularga uslubiy ham amaliy yordam berish.
- Maqsadli-me'yoriy hujjatlar almashinuvini tashkil etish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish, joriy qilish va texnik vositalardan samarali foydalanish.
- Devonxona xodimlari xizmat lavozimlari yo'riqnomasini ishlab chiqish va ularning malakalarini oshirib borishni tashkil etish |