Tijoratlashtirish bo‘linmasining faoliyati O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlat boshqaruvi organlari me’yoriy-huquqiy hujjatlari va buyruqlari, O‘zbekiston Respublikasining intellektual mulkni himoya qilish sohasidagi xalqaro bitimlar, Toshkent moliya instituti Ustavi, rektor buyruqlari va farmoyishlari, Toshkent moliya institutining ichki tartib-qoidalari, Toshkent moliya institutining Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha bo‘linma to‘g‘risida”gi Nizomi va institutning boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Tijoratlashtirish bo‘linmasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:
- tizimli ravishda bozorni tahlil qilish va innovatsion mahsulotlarga (ishlar, xizmatlar) bo‘lgan talab, innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan qoplash muddatini baholash, rentabellik va risklarni o‘rganish;
- yuqori tijorat salohiyatiga ega va realizatsiya qilish uchun tayyor bo‘lgan istiqbolli loyihalarni tanlab olish;
- innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun investorlar, hamkorlar va boshqa manfaatdor shaxslarni jalb qilish;
- yangi texnologiyalar va innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqishni joriy qilish maqsadida sanoat korxonalari bilan hamkorlik qilish.
|